avatar
Куч
14813.19
Рейтинг
+5463.68

Karimova Diyora Baxtiyor qizi

Мақолалар

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Жамият

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 23-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar 2016-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

2016 йил – “соғлом она – соғлом бола” йили

2016 йил "Соғлом она - соғлом бола йили"

Мустақиллик йилларида юртимизда ҳар бир кириб келаётган йилга муносиб ном бериш гўзал бир анъана сифатида йўлга қўйилган. Бу орқали бутун бир йил давомида амалга оширилиши зарур бўлган ишлар режалаштирилади ва мазкур йил номида ўз аксини топади. Муҳтарам Президентимиз тамонидан жорий этилган бу ислоҳот замирида давлатимиз ва жамиятимиз учун улкан манфаатлар бор. Бу хайрли иш асрлар давомида ўз-ўзидан бўладиган ривожланиш ва тараққиётдан кўра самаралироқдир.
 “Босқичма – босқич ўтиш” йўлини танлаган Ўзбекистонда ҳар йили ижтимоий-иқтисодий ва маданий соҳаларнинг ҳар бир бўғинига алоҳида эътибор қаратилиб, жуда катта ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Хусусан, юртимиздаги барча оилаларнинг ижтимоий ҳаётини, яшаш тарзини яхшилаш мақсадида биз учун муқаддас бўлган оилага янада кенгроқ эътибор қаратилмоқда.

Контракт бўйича ҳарбий хизмат

"Ўзбекистон Ватаним маним"

 
Контракт бўйича ҳарбий хизмат Қуролли Кучлар сафидаги ҳақиқий ҳарбий хизматгаихтиёрийлик асосида, ҳарбий хизмат назарда тутилган вазирликлар, давлат қўмиталарива идоралар орқали давлат билан тузиладиган контрактга биноанкирган фуқаролар бажарадиган ҳарбий хизмат туридир.
 
Ҳарбий хизматни касб тариқасида танлаган фуқаролар контракт бўйича ҳарбий хизматни оддий аскарлар, сержантлар ва офицерлар таркиби лавозимларида ўтайдилар.
 
Ҳарбий хизматни ўташ муддатлари ва асосий шартлари контрактда белгиланади. Айни пайтда дастлабки контракт хизматни оддий аскарлар ва сержантлар таркиби лавозимларида ўташ бўйича уч йил, офицерлар таркиби лавозимларида ўташ бўйича беш йил муддатга тузилади.
 
Олий ҳарбий таълим муассасаларининг курсантлари билан ўқиш даври учун келгусида уларнинг офицерлар таркиби лавозимларида ҳарбий хизматни камида беш йил мажбурий ўташ шарти билан контракт тузилади.
 
Ҳарбий хизматнинг контрактда назарда тутилган муддати тугаганидан кейин тарафларнинг келишуви билан бу муддат янги контракт тузиш орқали узайтирилиши мумкин. Контракт бўйича ҳарбий хизматни ўташ тартиби ва муддатлари Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг ҳарбий хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низом билан белгиланади.
 
 
 

Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг Қуролли Кучлар сафидаги харбий хизмати

Блог им. diyorochka1995
Ҳарбий хизмат Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг Қуролли Кучлар сафида умумий ҳарбий мажбуриятни бажариш борасидаги давлат хизматининг алоҳида туридир.
Ҳарбий хизматнинг қуйидаги турлари жорий этилади:
муддатли ҳарбий хизмат;
сафарбарлик чақируви резервидаги ҳарбий хизмат;
контракт бўйича ҳарбий хизмат;
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари сафида ҳарбий хизматни ўтаган резервчилар хизмати.
Тинчлик даврида оддий аскарлар ва сержантлар таркиби лавозимларида муддатли ҳарбий хизматга, шунингдек сафарбарлик чақируви резервидаги хизматга ўн саккиз ёшдан йигирма етти ёшгача бўлган, саломатлигига кўра Қуролли Кучлар сафида ҳарбий хизматни ўташга яроқли эркак фуқаролар чақириладилар.
Муддатли ҳарбий хизмат

Sog‘lom onadan, sog‘lom bola dunyoga keladi

2016 йил "Соғлом она - соғлом бола йили"

Mamlakatimizda  mustaqillikning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning qobiliyatini, iste’dodini ro‘yobga chiqarish orqali oila hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga katta e’tibor qaratib  kelinayotgani bois bugungi kunda barcha sohalarda faol ayollar o‘z o‘rnini topib bormoqda.
Qolaversa, aholi salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini asrash borasida qator namunali ishlar amalga oshirilmoqda. Aytish joiz, bu borada O‘zLiDeP ham alohida jonbozlik ko‘rsatib, ushbu yo‘nalishda turli tadbirlar, bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ahillikda hikmat ko‘p

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Totuvlik va o‘zaro hamjihatlik oilalardagi sog‘lom muhitni ta’­minlab berishi barchamizga ma’lum. O‘zidan tingan, farzandlarini uyli-joyli qilib, tinch va osoyishta umr kechirib kelayotgan otaxonu onaxonlarga har qancha havas qilsak arziydi. «Istiqbol» MFYda yashovchi Akbar Sunnatillayev va Fotima Sunnatillayevalar xonadoni shu jihatdan mahalladagi namunali oilalardan biri.
76 yoshni qarshi olgan ota­xon va 68 yoshli Fotima momo bizni sa­­mimiy tabassum bilan qarshi olish­di. E’­tirofga loyiqligi, ular­ning har ik­ka­lasi ham pedagog. A. Sun­natillayev qirq yilga yaqin xalq ta’­limi so­ha­sida mehnat qilgan. Turmush o‘rtog‘i esa o‘t­tiz yilga yaqin tu­mandagi mak­tab­lar­da rus tili va ada­biyoti fa­ni­dan dars bergan. Shu bois, ta’­lim sohasi fi­doyilari bilan suhbati­miz, av­va­lo, ushbu jab­hada amalga oshi­ri­la­yotgan is­lo­hot­lar, ulkan o‘z­ga­rishlar haqida bo‘ldi.

2018 yildan pensiya uchun ma’lumotnoma yig‘ib ovora bo‘lmaysiz

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
O‘zbekistonda 2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan.
«Nafaqa» tizimi qog‘oz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tug‘dirishi kerak. Qarorda qayd etilishicha, ushbu tizim pensiya va nafaqalarni ham o‘z vaqtida moliyalashni ta’minlab berishi lozim.
«Nafaqa» Adliya Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zarxiv» agentligi, Oliy sud va mamlakat tijorat banklarining axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi.

Yurt tinchligi uchun kurashganlar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Namangan shahrining Yakkasada To’ramirza ota Dadajonov Ikkinchi jahon  urushi  janggohlarida fashizmga qarshi jasorat ko’rsatgan yurtdoshlarimizdan biri. Ayni chog’da keksalik gashtini surayotgan otaxonning xonadoni hamisha  uni yo’qlab turadigan insonlar bilan gavjum. Bugun Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi xodimlari tabarruk qariyaning hovlisiga 15 turga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi bilan kirib kelishdi.
-Bunday e’tibordan biz keksalar doimo e’zozdamiz, deydi To’ramirza ota Dadajanov. Mana yaqindagina “Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandim. Bunday kunlarga faqat shukrona qilishimiz kerak.

Keksalar hayoti — ibrat maktabi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yilning «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabatibilan qabul qilingan Davlat dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad, keksalarninghayot darajasi si­fatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945yillardagi urush va mehnat fronti fax­riylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti,tibbiy xizmat ko‘r­satishni takomillashtirish hamda keksalarning jamiyatdagio‘rnini mustahkamlashga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Bu ezgu ishlarni amalga oshi­rish uchun qulay tashkiliy-hu­quqiy shart-sharoitlaryara­tishga qaratilgan qonunchilik va meyoriy-huquqiy ba­zani yanada takomillashtirishgakat­ta e’tibor qaratildi. Urush va meh­nat fronti faxriyla­ri­ni manzil­li, ijtimoiyhi­moya qilish, yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga ko‘rsa­tila­digan ijtimoiy, maishiyxiz­matlar ro‘yxatini kengayti­rish, ularni tizimli sog‘lom­lash­ti­rish­ni tashkil etish,profilaktika tad­bir­larini ko‘paytirish, ko‘rish va eshi­tish organlari, tayanch-harakattizi­mi, yurak-qon tomir kasal­lik­la­rini davolashning zamona­viy usullari bilanqamrab olish kabi vazifalar belgi­lab berildi.

Ulr borki, hayotimiz fayzli

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Buxoro viloyatining Peshku tumani Malishoyak qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 91 yoshli Rajab bobo Safarovning uyiga Buxoro shahridan bir guruh shifokorlar keldi. Turli zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng otaxonga uy sharoitida davolanish tavsiya etildi. Albatta, muolaja jarayoni qishloq vrachlik punkti shifokori nazoratida amalga oshiriladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari hamda Buxoro Davlat tibbiyot instituti professorlaridan iborat kardiolog, terapevt, oftalmolog, stomatolog, urolog, nevropatolog, travmatolog va boshqa shifokorlar guruhlari jalb etildi.

Inson salomatligini asrash – muhim vazifa

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xalqimiz salomatligini asrash, imkoniyati cheklangan keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natilgan Salomatlik poyezdi ana shunday ezgu ishlardan biridir.
Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizning olis va chekka hududlariga tashkil etilgan shunday poyezdlar tarkibidagi mutaxassislar tomonidan yetti ming nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholiga hamda hududlardagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena vositalari, vitaminlar yetkazib berildi.

Duo qilish baxtiga muyassar bo’lganlar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Halima xola Faxriddinovani yo’qlab hovliga kirib borganimizda, tomorqa tomonidan bizga peshvoz chiqib kelgan onaxonni ko’rib, to’g’risi, biz so’roqlagan ayol bu kishi bo’lmasalar kerak, deb o’yladik. CHunki 90 yoshdan oshgan onaxonning dehqonchilik ishlari bilan shug’ullanib yurishlari, albatta, kishini hayron qoldirardi. Salkam bir asrlik hayot yo’llarida yuzlaridagi anduhlar chizgan ajinlar chuqurlashgan bo’lsa-da, qadlarini tik tutgan, yurishlari tetik, bardam.
Qo’ymay so’riga yakandoz to’shab, nevaralariga choy qo’yishni buyurdilar. Avvaliga biz xolani urintirib qo’ymayapmizmi, deb xijolat bo’ldik. U bu yumushlar har kungi ermagi ekanligini, chorbog’ va mol-qo’ylardan xabardor bo’lib turmasa, zerikib qolishini aytganida, ko’nglimiz xotirjam bo’ldi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi raqamlarda

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan:
2 990 nafar 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarining har biriga 300 ming so‘mdan, jami 897 mln. so‘m pul mukofoti manzilli  yetkazildi.
26 ming 774 nafar keksa kishilarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyni ta’mirlash, kommunal xizmatlarga haq to‘lash ko‘rinishlarida jami 3 mlrd. 734 mln. so‘mlik ijtimoiy ko‘mak berildi.

Yuz bilan yuzlashganlar hamisha davlatimiz e’tiborida

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Haqiqatda, chek-chegara bilmas yaxshi gap elaro tez tarqaydi. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida xatirchilik Umit momo Yuldasheva muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani haqidagi xabar bir zumda dashtu dalalar uzra keng quloch yoydi. Asr bilan yuzlashgan momoning yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganini eshitganlar uni qutlagani shoshilishdi. Biz yangiliktalab jurnalistlar ham tabarruk onaxon huzuriga otlandik.
Manzil tomon borar ekanmiz, nigohlarni dashtu dalalar ta­rovati o‘ziga maftun etdi. Ay­niq­sa, bepoyon Langartog‘, keng­liklar uzra yastangan qishloq­lar, bog‘u rog‘lar, obod hovli­lar jamoli diqqatimizni tort­di. Bu zamin odamlari yurt ma’murchiligi, ertangi kuni tashvishi va yaratuvchanlik ishqi bilan yonib yashayotganiga, Oltinsoy — haqiqiy fidoyi­lar maskani ekanligiga amin bo‘ldik. Yozning jazirimasi-yu, qishning qahratoniga bardosh berib, tog‘u toshloqlardan rizq-nasiba yaratayotgan inson­lar mehnatiga tasanno aytdik. Bobomeros chorvadorlik va mi­rishkorlik kasbini ulug‘lab, mu­rakkab dasht sharoitida mash­hur Oltinsoy uzumlari, Uchqora mayizlari, ta’mi til­ni yorar lalmi qovun-tarvuz­larni yetishtirayotgan yurt odam­lari hayoti, ularning od­diy turmush tarzi, bu diyor tarovatiga havasimiz ortdi.

Jahonning eng keksa ayoli O‘zbekistonda istiqomat qilayotgani e’lon qilindi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Qalandardo‘rmon qishlog‘i “Mang‘it” mahallasida istiqomat qilayotgan Momojon Romanova “Darakchi” gazetasi tomonidan nafaqat O‘zbekistonning, balki jahonning eng keksa ayoli deb e’lon qilindi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, onaxon 119 yoshda.
Foto: “Daryo”
 “1896-yilda tug‘ilganman”, — deydi Momojon Romanova. Onaxonning 11 nafar farzandi, 50 nafardan ziyod nevarasi, 70 dan ortiq chevarasi bor.

Keksalikning odobi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Chehrasida oy balqib turgan nuroniy otaxon-onaxonlarni ko‘rganingizda xayolingizdan nimalar kechadi? Go‘yoki farishtaga duch kelgandek, ko‘nglingizda xotirjamlik inadimi? Yoningizdan muattar keksalik hidini taratib o‘tishsa ortidan ko‘zlaringiz to‘la havas bilan qarab qolasiz-a? Keyin o‘z-o‘zingizga, “ajinlari hayot mashaqqatlari, turmush sinovlaridan so‘ylab turgan bo‘lsa-da, bunchalik am yoqimli, nuroniy bo‘lmasa bu odam? Ilohim, menga ham shunday piru badavlatlik nasib etsin” deb qo‘yasiz. Ilohim, har birimizga shunday keksalik, shunday iymon sifatlari yuzidan yog‘ilib turgan qarilik nasib etsin. Axir, zil-zambil hayot yo‘llarining mashaqqatini yengib, keksalik saodatiga yetish ham baxt. Farishtali keksalar o‘ziga yarashiqli kiyinadi, yarashiqli so‘zlaydi. Yurish-turishida ham, nasihatomuz kuzatishlarida ham saboq bor ularning. Bunday nuroniy, fazilatli keksalarimizning har bir bosgan izi hikmat, har bir og‘zidan chiqqan so‘zi ilm.  Bejizga qarisi bor uyning parisi bor, demaydi, xalqimiz.

“Oltinsoy”ning shifobaxsh suvi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Dengiz sathidan 400 metr balandlikda, Oqtov yon bag‘irlarida joylashgan “Oltinsoy” sanatoriysi bugun mamlakatimizning turli burchaklaridan tashrif buyuradiganlar uchun haqiqiy dam olish maskaniga aylangan.
Bir paytlar qishloq shifo­xo­­­nasi sifa­ti­da xizmat ko‘r­­sat­gan bino mus­­taqillik yil­larida qay­­ta ta’mir­lanib, 2009 yil­da foy­da­la­nishga top­shirildi va sa­­natoriyga ay­­lan­­tirildi. Da­volash xona­la­ri zamona­viy tibbiyot us­ku­na­lari bilan jihozlandi. Dam oluv­­­chilar uchun barcha sha­roit­lar yara­til­di. Bugungi kunda bu maskanda respublika­mizning Xorazm, Buxoro, Sa­mar­qand, Qash­­­qa­daryo, Surxon­daryo vi­loyat­laridan kelgan be­morlar o‘z sog‘liqlarini tik­lab qay­ti­shmoqda.

Yuz bilan yuzlashganlar hamisha davlatimiz e’tiborida

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Haqiqatda, chek-chegara bilmas yaxshi gap elaro tez tarqaydi. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida xatirchilik Umit momo Yuldasheva muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani haqidagi xabar bir zumda dashtu dalalar uzra keng quloch yoydi. Asr bilan yuzlashgan momoning yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganini eshitganlar uni qutlagani shoshilishdi. Biz yangiliktalab jurnalistlar ham tabarruk onaxon huzuriga otlandik.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida qariyalar va nogironlar uchun madaniy tadbir o‘tkazildi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Joriy “Keksalarni e’zozlash yili”da Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni har yilgidan farqli o‘laroq mahalliy hokimiyatlar, idora va muassasalar, nodavlat jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarining faol ishtirokida keng ko‘lamda o‘tkazish, joylarda o‘tkaziladigan insonparvarlik (gumanitar) aksiyalarda nogironlarni imkon qadar kengroq qamrab olish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmati
Vazirlik tizimidagi 33 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida 7,5 ming nafarga yaqin yolg‘iz keksa-qariyalar, nogironlar davlat tomonidan to‘liq ta’minotga olingan.

Keksalarimiz — azizlarimiz

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Keksalarimiz — el-yurtga xizmat qilgan va shunga mos iltifotga, yaxshi gapga, hurmat-izzat, e’zozga munosib ota-onalarimiz. Ular yoshligini shu aziz Vatan xizmatiga bag‘ishlagan, farzand-nabiralarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, uyli-joyli qilib, yaxshi-yomon kunlarni, hayot nimaligini, odam qanday yashashi kerakligini ko‘rib, bilib, sinagan; millatimizning 70—100 yillik tarixiga guvoh; xonadonlar fayzi, farishtasi... 

Yaqinda yoshlar bilan uchrashuvlardan birida kollej o‘quvchisi “Ustoz, bilasizmi, 2015-yilning nomida yoshlarga da’vat bor”, dedi. “Qanday da’vat?” deb so‘radim. U: “Men “Keksalarni e’zozlash yili”dan o‘zimga “Keksalarni e’zozla!” degan da’vatni yanada chuqurroq angladim”, dedi. 

XXI asrda, afsuski, bu insoniy fazilat dunyoning ba’zi mintaqalarida unutilayotir. Faqat milliy tarbiyasiga sodiq xalqlarda bu an’ana saqlanib qolayotganini kuzatish mumkin. O‘zbekistonda butun boshli bir yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlangani buning yaqqol misolidir.